Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-tur o‘yinlari O‘zbekiston shaxmatchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Musobaqaning 1-turida erkaklar terma jamoamiz Trinidad va Tobago bilan, ayollar terma jamoamiz esa Gaiti bilan kuch sinashdi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Trinidad va Tobago 2,5:0,5 hisobida dog‘da qoldirdi.
Nodirbek Abdusattorov – Joshua Jonson 1:0
Nodirbek Yoqubboyev – Kuinn Kabralis 0,5:0,5
Shamsiddin Vohidov – Kevin Kupid 1:0
Jahongir Vahidov – Xarper Ryan 0:0.
Ayollar o‘rtasida o‘tgan dastlabki turda mamlakatimiz shaxmatchi qizlari katta ustunlik bilan raqiblarini mag‘lub etdi.
O‘zbekiston – Gaiti 4:0.
Afruza Hamdamova – Rouz Sein 1:0
Nilufar Yoqubboyeva – Merisena Kadeau 1:0
Umida Omonova – Jonet Davena 1:0
Nodira Nodirjonova – Kineberli Dunat 1:0
T.Ro‘ziyev, O‘zA