Milliy Olimpiya qo‘mitasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi qurilishi yuzasidan mutasaddilar oldiga qo‘yilgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, majmualarni zamonaviy talablarga mos tarzda barpo etish, xususan, binolarni energiya tejamkor xomashyolar bilan jihozlash, yuqori darajada raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish, shaharchani hamyurtlarimiz uchun madaniy va ko‘ngilochar majmuaga aylantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

“Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimiga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasidagi vazifalar belgilab olindi.

Muhokamalar yakunida Osiyo o‘yinlari ramzlarini tasdiqlash, binolardan samarali foydalanish, tashrif buyuruvchilarga zarur sharoitlar yaratish borasida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA