Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii xonim bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki hamda istiqboldagi taklif va tashabbuslarga to‘xtalib o‘tildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi va ta’lim yo‘nalishidagi islohotlar va gender tenglik masalasiga doir ijobiy o‘zgarishlar haqida fikr almashildi.
Muloqot davomida mamlakatimizning xalqaro indekslardagi reytingi yuqorilab borayotgani e’tirof etilib, mazkur yo‘nalishda ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy kengashlar va xalq deputatlari faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturlari va uslubiy qo‘llanmalarni hamkorlikda ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
N.Abduraimova,
O‘zA