Samarqandda o‘tkazilayotgan Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (ITMF) va Xalqaro kiyim-kechak federatsiyasi (IAF) ning yillik konferensiyasining rasmiy ochilish marosimi boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga tabrigini O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari J. Xo‘jayev o‘qib eshittirdi.

“Innovatsiyalar, hamkorlik va tartibga solish — to‘qimachilik sanoati va kiyim-kechak ishlab chiqarishining harakatlantiruvchi kuchlari”mavzusida o‘tkazilayotgan konferensiyada dunyo to‘qimachilik sanoatining yirik ishlab chiqaruvchilari, mashhur brendlar  vakillari ishtirok etmoqda.

G‘.Hasanov, A. Isroilov (surat),  

O‘zA muxbirlari