Mamlakatimizda e’tiborga muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Tadbirda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Yuldashov yurtdoshlarimizni bayram bilan muborakbod etib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi.
Tadbir davomida Nukus shahri, Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan 100 ta oiladan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Albatta, bu kabi xayrli ishlar ko‘ngli o‘ksik, yordamga muhtoj insonlar uchun bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.