So‘xning quyi qishlog‘i Tul markazdan ancha olisda. Qolaversa, daryoning o‘ng tomonida Katta qirg‘iz qishlog‘i bor. Ko‘prikning ikki tomonida yashaydigan aholi hamisha umumiy bozorni orzulagan. O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi arafasida orzular haqiqatga aylandi. Ikki davlat mas’ullari harakati bilan chegaraning betaraf qismiga tutash joyda yangi bozor ochildi. Uni “Do‘stlik” bozori deb atadilar.

—Davlatlar rahbarlariga bunday ulug‘ ishga rozilik bergani uchun katta rahmat,– deydi mahalla oqsoqoli Dodo Abdulloh. – Endi bozorga daryoning narigi tomonidagi Katta qirg‘iz qishlog‘i ahli ham erkin kelyapti, guruch, o‘rik, boshqa dehqonchilik mahsulotlarini sotib, bu yerdan un, sabzavot, mevalarni olib ketishyapti. Kiyim-kechak rastasi ham ishlab turibdi.

Bugun Tul qishlog‘i ahli ham, qirg‘iz qo‘shnilar ham O‘zbekistonning mustaqillik bayramini birgalikda nishonlashyapti.

Muhammadjon Obidov, O‘zA