Yurtimizga tashrif buyurgan Xalqaro aralash jang san’atlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari bilan yurtimizda ilk bor aralash jang san’atlarining havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish masalasini muhokama qildi.
Muloqot avvalida Xalqaro aralash jang san’atlari (IMMAF) federatsiyasi prezidenti o‘zbekistonlik sportchilarni, keng jamoatchilikni “Parij-2024”Olimpiya o‘yinlarida erishilgan natijalar bilan qutladi.
1984 yili Los-Anjeles shahrida o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo musobaqalarida sovrindorlikka erishgan Kerrit Braun O‘zbekiston yakka kurash sport turlari bo‘yicha dunyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biriga aylanganini bildirib o‘tdi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A. Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov yurtimizda ommaviy sport rivojini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan mehmonlarni tanishtirdi. O‘zbekistonda aralash jang san’atlari bo‘yicha o‘tkazilishi kutilayotgan jahon chempionati borasida o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
T.Рo‘zиев, O‘zA