FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida joylashgan “Kegeyli Tex Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati joriy yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, yiliga 3 million dona kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi. Hozirga qadar korxona jamoasi ichki bozorda 1 milliard 200 million so‘mlik mahsulotni sotishga hamda jami 504 ming AQSH dollarilik mahsulotni eksport qilishga erishdi.

Korxonada 120 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda. Yil yakuniga qadar yana 500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA