O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Rossiya Federatsiyasining Chita shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirga yo‘l oldi.

Chita shahrida 17-18 yoshli bokschilar ishtirokida tashkil etilayotgan faxriylar xotirasiga bag‘ishlangan “Eurasian Dauria Cup” xalqaro turnirida Vatanimiz sharafini Mansur Muhammedov murabbiyligidagi 5 nafar yosh bokschimiz himoya qiladi.

Yosh bokschilarimizdan Abdurahmon Mahmudjonov(-54), Husan Qahhorov (-57), Akbar Ahmadov(-67), Ruslan Esanov(-75), Norbek Abdullayev(-80) Chita ringlarida jang olib boradi.

15 ta davlatning 150 nafardan ziyod umidli bokschilari qatnashadigan musobaqalar 31 avgustga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA