O‘zbekiston elchisi Abdusalom Hotamov O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik akademiya direktori, elchi Zaynab Al-Qosimiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida diplomatlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Muloqotning muhim natijasi sifatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya bilan Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi. Hujjat o‘zaro tajriba almashish va kasbiy ko‘nikmani oshirish uchun yanada keng imkoniyat ochishi ta’kidlandi.

O‘zA