O‘tgan yilgi uchrashuvdan keyin 309 ta korxonaga 280 million dollar eksportoldi kreditlari ajratildi. Ushbu korxonalar hozirgacha 625 million dollarlik eksport qildi. Bu raqam yil yakunigacha yana ikki karra oshishi hisob-kitob qilingan.

Ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida yana 122 ta eksportchining 145 million dollarlik aylanma mablag‘ga ehtiyoji borligi aniqlandi.

Shu bois, tarmoqlarni rivojlantirishga berilgan mablag‘dan 200 million dollari eksportoldi moliyalash uchun yo‘naltiriladi.

Shundan, 50 million dollari bank kreditlari uchun kafillikka beriladi.

Bu mablag‘lar hisobidan bir yil ichida qo‘shimcha 1 milliard dollar eksport bo‘ladi.

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

O‘zA