Barcha sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘lmoqda.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida aytildi.
Sanoatimizning o‘sishiga ta’sir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi.
Endi, elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.
Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish to‘xtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi.
Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.
O‘zA