Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, so‘nggi yillarda yurtimizda Prezidentimizning e’tibori va g‘amxo‘rligi bilan tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratilib berilayotganligi, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan farmon va qarorlar bu borada katta imkoniyatlar eshigini ochib berganligini ta’kidladi. Shuningdek, barchani 20 avgust – “Tadbirkorlar kuni” bilan muborakbod etib, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tadbirkorlarning tutgan o‘rniga to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2 nafar tadbirkor taqdirlandi. Shuningdek, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan 6 nafar tadbirkor ushbu ko‘krak nishoniga loyiq deb topildi.

[gallery-18763]

Tadbirda tadbirkorlarga davlat mukofotlari, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida taqdirlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor hamda g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WsEXUXH2wSM" title="Tadbirkorlarga ehtirom koʻrsatildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

– 2011 yilda barpo etilgan korxonada asosan qoramol terilari qayta ishlanadi, – deydi Nukus shahridagi “Orient Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Ajiniyaz Urazbayev. – Buning uchun zarur asbob-uskunalar Italiyadan olib kelingan. Jami 50 nafarga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan. Tayyor mahsulotlar Rossiya, Italiya, Hindiston, Qozog‘iston va boshqa  davlatlarga eksport qilinmoqda. Bayram arafasida “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganim jamoa mehnatiga berilgan e’tirof deb hisoblayman. Buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiraman.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat, video) O‘zA.