Sport vazirligida O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, hududiy kurash federatsiyalarining mutasaddilari, tegishli mutaxassislar, delegatlar ishtirok etgan konferensiyada o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda milliy sportimiz kurashni rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi rivojini qo‘llab-quvvatlash, zarur infratuzilmani yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, Yevropa, Amerika, Osiyo, Afrika va Okeaniya qit’asining bir qator davlatlarida kurash turnirlari, turli chempionatlar, seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinishi asnosida milliy sportimizning xalqaro rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev delegatlarning ovoz berishi natijasida yangi besh yillik muddatga mamlakat kurash federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA