FOTOREPORTAJ
Avgust – dehqonlar tili bilan aytganda pishiqchilik oyi. Bu oyda dehqon bozorlaridagi savdo rastalari daladan uzilgan sabzavot va poliz ekinlari hamda sifatli bog‘dorchilik mahsulotlari bilan to‘lgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Qo‘ng‘irot dehqon bozori” rastalarida ham shu kunlarda yozning sarxil noz-ne’matlari joy olgan. Bozorda “Daladan aholi dasturxonigacha” maxsus savdo rastalari tashkil etilib, dehqon va fermer xo‘jaliklari o‘zi yetishtirgan kartoshka, sabzi, piyoz, bodring, pomidor, qovun, tarvuz, olma, uzum kabi meva va sabzavotlar hamda go‘sht hamda sut mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga taqdim etmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA