Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida vazni 51 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov final bosqichida jang qildi.
Hasanboy ushbu vazn toifasidagi final jangida fransiyalik Billal Bennamaga qarshi Olimpiada chempionligi uchun ringga ko‘tarildi. Mazkur bellashuvda bokschimiz g‘alaba qozonib, faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 3 ta oltin va 2 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA