8 avgust kuni Oqo‘rda qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi. Ikki mamlakat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda.