Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha uch nafar hamyurtimiz – Muhammadali Qahramonov, Zuhra Otajonova va Adhamjon Ergashev o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Quvonarlisi, iste’dodli atletimiz Adhamjon Ergashev Jahon chempioni, degan sharafga musharraf bo‘ldi.
Adhamjon dast ko‘tarishda 135 kg., siltab ko‘tarishda esa 160 kg. og‘irlikni o‘z izmiga bo‘ysundirdi va jami 295 kg. to‘plab oltin medal sohibi bo‘ldi.
Muhammad Amin (surat) O‘zA