Tarixda ilk bor “chaqaloq” sayyoraning fotosurati olindi

“Sentavr” yulduzlar turkumida yangi paydo bo‘lgan sayyoraning fotosuratlari “Astronomy & Astrophysics” jurnalda chop etilgan.
Geydelberg (Germaniya) astranomiya instituti tatqiqotchisi Miriam Keppler yangi sayyora muhrlangan tasvirlarni shunday izohlagan:
“ Fan olamida endi shakllangan yuzduzlarning gaz changlaridan iborat disklari yangi sayyoralar uchun “tug‘ruqxona” hisoblansa-da, shu vaqtgacha olimlar qo‘lida ularning borligini isbotlovchi dalillar yo‘q edi. Ayrim skeptiklar esa disklarning mavjudligiga umuman ishonmasdi ham. Ammo bu haqiqat ekan, biz diskdagi meteriya quyqasida homila sayyorani topdik”.
Bugungi kun olimlari sayyoralar o‘z hayotini gaz changlari diskida boshlaydi, degan farazni inkor etmasa-da, bu borada ochilmagan sirlar, isbotini topgamagan nazariyalar ko‘p. Keppler va uning hamkasblari Yerdan 370 yorug‘lik yili narida joylashgan “Sentavr” yulduzlar turkumidagi yangi yulduzni (PDS 70) kuzatib, o‘sha sirlardan birining tagiga yetdi.
Ushbu yulduz hajmi va massasi bilan Quyoshdan sal kichikroq bo‘lib, bunday 5 million yillar ilgari paydo bo‘lgan ( Koinot vaqti bilan o‘lchaganda bu juda qisqa muddat). Yulduz “endigina paydo bo‘lgani uchun” uni o‘rab turgan gaz changlari diski hali tarqab ketishga ulgurmagan. Astranomlar joriy yilning fevral oyida olgan tasvirlarda ushbu diskda Yupiter hajmiga teng ekzosayyorani payqash mumkin. Olimlarning keyingi kuzatuvlari esa yangi sayyora atmosferasi qizil-pushti tusda ekanligi va ekzotik bulutlardan tarkib topganini ko‘rsatmoqda.
Kelgusida olimlar mikroto‘lqinli ALMA teleskopi va “Xabbl”ning davomchisi “Jeyms Uebb” yordamida olinadigan fotosuratlar ko‘magida “Sentavr” yulduzlar turkumida “tug‘ilgan” yangi sayyora va uni o‘rab turgan disk haqida ko‘proq ma’mulotlar to‘plash niyatida.

 

Malohat Husanova, O‘zA