Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Buxoro viloyati salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha viloyat rahbariyati, 13 ta tuman va shahar hokimlarining hozirgi faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Buxoroning 4,2 million gektar yeri bo‘lsa, 6 foiziga ekin ekiladi. Yana 3,2 million gektar yer – ishlatilmasdan turgan katta imkoniyat.

Viloyatdagi 60 ming tonna ip-kalavaning 57 foizi matoga aylanmoqda, qolgani xomashyo shaklida arzon sotilmoqda, matoning 24 foizi tayyor mahsulotga aylanayapti.

Yoki, viloyatda 1 million 200 ming tonna meva-sabzavot yetishtirilsa-da, eksporti 15 million dollardan kam.

O‘zA