Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotni rivojlantirish, samarali davlat boshqaruvi va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Chakrabarti devonining yuridik maslahatchisi Mari-Anne Birken bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida IT-Park O‘zbekistan faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi hamda Yagona integrator – UZINFOCOM faoliyati bilan tanishtirildi.
![](https://cdn.uza.uz/2024/05/06/10/19/uRJg3Fl65cBKTHUR7CZjBtNva8YfknvK_front.jpg)
Uchrashuv davomida tomonlar islohotlar dasturini uzoq muddatga davom ettirishning strategik yo‘nalishlari, mamlakatda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohada kadrlar salohiyatini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitiga oid malalalarni muhokama qildi.
![](https://cdn.uza.uz/2024/05/06/10/19/gRfEqiosu05rYcxzsylH0rEsbxdBKu95_front.jpg)
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.
N.Rahmonova,
O‘zA