Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlanganidek, avtomobilsozlikda yirik uzelli yig‘ish usulidan to‘liq texnologik siklga o‘tilgani yaxshi natija bo‘ldi.
Endilikda tarmoq rahbariyati oldida kelgusi uch yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya jalb qilib, avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga oshirish, 10 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish vazifasi turibdi.
Kooperatsiya asosida 365 turdagi butlovchi qismlarni o‘zimizda chiqarishni yo‘lga qo‘yib, mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazish muhimligi qayd etildi.
O‘zA