Bir ozdan so‘ng hammamiz orziqib kutgan Jahon chempionatiga start beriladi.
Musobaqaning ochilish marosimida juda ko‘plab nufuzli shaxslar qatnashishi rejalashtirilgan. Xususan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham unda qatnashadi. Mezbonlar “Lujniki”da Saudiya Arabistoni terma jamoasini qabul qiladi. Bungacha jamoalar o‘zaro 1 marta kuch sinashgan(Sovet Ittifoqi bo‘lgan paytdagi uchrashuv 0-0 hisobida yakunlangan). 1993 yil o‘rtoqlik maqomida o‘tkazilgan o‘yinda saudiyaliklar 4:2 hisobida zafar quchishgan.
Bugun murabbiylar ushbu uchrashuvga quyidagi futbolchilarni tushirishi ko‘zda tutilgan.
Rossiya:
1 – Igor Akinfeyev; darvozabon
18 – Yuriy Jirkov; himoyachi
2 – Mario Fernandes: himoyachi
4 – Sergey Ignashevich; himoyachi
13 – Fyodor Kudryashev; himoyachi
17 – Aleksandr Golovin: yarim himoyachi
11 – Roman Zobnin; yarim himoyachi
7 – Daler Kuzyayev; yarim himoyachi
19 – Aleksandr Samedov: yarim himoyachi
9 – Alan Dzagoyev; yarim himoyachi
10 – Fyodor Smolov; hujumchi
Bosh Murabbiy: Stanislav Cherchesov.
Saudiya Arabistoni:
1 – Abdulloh Al-Muaiuf; darvozabon
6 – Muhammad Al-Barik; himoyachi
13 – Yasir Ash-Shaxrani; himoyachi
3 – Usama Xavsavi: himoyachi
5 – Umar Havsavi; himoyachi
7 – Salman Al-Faradj; yarim himoyachi
8 – Yahya Ash-Shexri: yarim himoyachi
18 – Salem Al-dossari; yarim himoyachi
17 – Taisir Al-Djassim; yarim himoyachi
14 – Abdulloh Otif: yarim himoyachi
19 – Fahad Al-Molad; hujumchi
Bosh Murabbiy: Xuan Antonio Pissi
Hakamlar: Nestor Fabian Pitano, Xuan Pablo Belatti, Ernan Maydana, Sandro Richchi
O‘zA