Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Avtomobil va temir yo‘l bo‘ylari, daryo va kanal yoqalarida, mahallada, ko‘chada, ko‘p qavatli massivlarda daraxt va gul ekish, ozodalikni ta’minlash ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qurilish tashkilotlari, sement, g‘isht, ohak, neft-gaz va kimyo, bo‘yoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘z faoliyati bilan atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siriga yarasha daraxt ekish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.
Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zA