Fevral oyi o‘rtalarida NACA “Perseverance” roveri SHERLOC ilmiy asbobining ikki qopqog‘idan biri qisman ochiqligi, bir uskuna to‘g‘ri ishlamayotgani sabab, Marsdagi toshlarni lazer yordamida suratga olish qobiliyatini yo‘qotish xavfi borligini e’lon qildi. Bu holat ilmiy ma’lumot to‘plashga xalaqit bermoqda.
Yanvar oyi o‘rtalarida AQSH kosmik agentligi qizil sayyoraga “Ingenuity” vertolyoti yordamidagi tarixiy missiyasini bekor qilishga majbur bo‘ldi. Qo‘nish chog‘i rotor qanotlaridan biri shikastlandi.
Kema dastlab Mars atmosferasida parvoz qilish uchun zarur texnologiyani sinab ko‘rishga mo‘ljallangan edi. Afsuski, muvaffaqiyatsizlik tufayli sayyoralararo aviatsiyadagi muhim bosqich muddatidan oldin tugadi. Natijada NACA Marsdagi fazoviy poygada ortda qolganini tan olib, amaliyot jadvalini kechiktirdi.
NACA byudjeti noaniqligi bilan bog‘liq vaziyat asnosida Xitoy Mars toshlarini yig‘ish va “Tyanven-3” missiyasi bilan 2030-yil Yerga qaytarish rejasini ilgari surmoqda.
Mars orbitasi va “Tyanven-1” roveri bosh konstruktori Sun Szejou so‘zlariga ko‘ra, “Tyanven-3” zimmasiga “tog‘ jinslarini qayta tiklash va Mars yuzasidan ko‘tarilish” missiyasi yuklanadi. Ushbu “tog‘ jinslarini eng zamonaviy texnologiya yordamida tahlil qilish “Marsda haliyam suv bormi?”, “O‘tmishda qizil sayyora hayotning biror shaklini qo‘llab-quvvatlaganmi?” kabi savollarga aniqroq javob olish imkonini beradi.
XXR misli ko‘rilmagan missiyani amalga oshirish istagini avvalroq bildirgan. Bu g‘oya Xitoy Milliy kosmik ma’muriyatining 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish rejasiga kiritilgan.
G.Sattorova,
O‘zA