Yevropa parlamenti deputatlari kecha Ukrainaga yordam berishni faollashtirish, Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyani kuchaytirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi, deyiladi tuzilma saytida tarqatilgan matbuot xabarnomasida.

Yevroparlament deputatlari ta’kidlashicha, EI Kiyevning g‘alabasini istasa, Ukrainaga barcha zarur vositalarni berishi kerak. G‘alaba uchun Ukrainaga ko‘mak bo‘yicha hech qanday cheklov bo‘lmasligi kerak, harbiy harakat olib borish uchun zarur har qanday yordam ko‘rsatilishi kerak.