Kredit bilan bog‘liq masalalar qattiq nazoratga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Qarorga muvofiq:

eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari;

eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdorda – belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;

eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda – tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

Kredit bilan bog‘liq masalalar qattiq nazoratga olinadi.

Moliya vazirligiga sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug‘urtalanganda sug‘urta to‘lovini 1,5 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilash hamda sug‘urtalash shartlarini yengillashtirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklandi.

 

O‘zA