Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ida migratsiya muammosi sharoitida AQSH butun dunyodagi eng xavfli jinoyatchilar uchun boshpana berayotganini yozdi.
Tadbirkor ta’kidlashicha, Prezident Jo Bayden chegarani qo‘riqlash o‘rniga, muhojirlarga “qizil poyandoz to‘shamoqda”. Binobarin, milliarder qonuniy migratsiyani qo‘llab-quvvatlagan.
– Har qanday mamlakatdan kelgan migrant shaxsini tasdiqlovchi hujjatini tashlab yuborib, chegarani kesib o‘tish va boshpana so‘rash imkoniga ega, – deydi Mask. – Aynan shu holat Amerikani dunyoning eng xavfli jinoyatchilari yashirinadigan joyga aylantirmoqda.
Darhaqiqat, so‘nggi oylarda AQSH rekord darajada ko‘p noqonuniy migrantlarni ro‘yxatga olyapti. O‘tgan yil dekabrda chegara xizmati xodimlari davlat chegarasi 302 000 marta qonunga zid ravishda kesib o‘tilganini qayd etgan.