Hindiston g‘arbida joylashgan Gujarat shtatida oxirgi 24 soat ichida chaqmoq urishi natijasida kamida 20 kishi vafot etdi, 23 odam jarohatlandi, deb xabar qilgan mahalliy hokimiyat.
Shtatdagi Favqulodda vaziyatlar markazi ma’lum qilishicha, voqeaga yilning ayni davri uchun xos bo‘lmagan, noodatiy kuchli momaqaldiroq sabab bo‘lgan. Ichki ishlar vaziri Amit Shoh halok bo‘lganlar oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
– Gujaratning turli shaharlarida noqulay ob-havo, yashin tufayli ko‘plab insonlar halok bo‘layotganidan chuqur qayg‘udamiz, – deb yozgan vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardlik bildiraman.
Kuchli yomg‘ir turli hududlarda ekin maydoniga zarar yetkazgan. Mamlakat Metereologiya departamenti 16 soat mobaynida turli tumanlarda 50-117 mm yog‘ingarchilik kuzatilganini ma’lum qilgan.
Aziza Halimova, O‘zA