AQSH Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamning yangi paketi doirasida qo‘shimcha ravishda “HIMARS” reaktiv o‘t ochish tizimini yetkazib beradi, deyiladi Pentagon bayonotida.
Kiyev uchun ajratilgan, taxminan, 100 million dollarga baholangan navbatdagi ko‘mak doirasida o‘q-dori, “Stinger” zenit raketalari, zambarak o‘qi, tankka qarshi qo‘llanadigan “Javelin” majmuasi va o‘q otar qurol uchun 3 milliondan ortiq patron beriladi.
Bundan tashqari qish sharoitida harbiy harakat olib borish uchun texnika, ehtiyot qism va yordamchi jihoz ham yetkazib beriladi.
Oq uy ogohlantirishicha, qo‘shimcha moliyalashtirish amalga oshirilmasa, Ukraina mudofaa qobiliyatiga putur yetadi.
S.Rahimov