O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoatida, energetika tarmog‘ida, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari amaliy hamkorlik dastur va loyihalarini ilgari surish borasida birgalikdagi ishlarni jadal davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.