Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov Toshkentda boʻlib oʻtadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn oltinchi sammitida ishtirok etish uchun 8-noyabr kuni mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Joriy yil oʻtgan davri koʻrsatkichlari tahlil qilinsa, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida aloqalar sezilarli darajada faollashgan. Bu boradagi raqamlarga toʻxtalamiz. IHT doirasida tovar aylanmasi 9,2 milliard dollarni, aʼzo davlatlarning mamlakatimiz umumiy tovar aylanmasidagi ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar mamlakatimizning asosiy eksport-hamkorlari qatoriga kiradi. Ushbu mintaqaviy tashkilotning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy salohiyati, oʻrni tobora ortayotgani quvonarli.
Ikrom AVVALBOEV,
Nosirjon HAYDAROV
(surat), O‘zA