Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining razvedka xizmatlari yil davomida 69 ta teraktning oldini olib, 73 ta maxfiy terror uyasi faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev ma’lum qildi.
Seshanba kuni Toshkentda SHHT MATTning “Ishonch, hamkorlik va professionallik xavfsiz kelajak garovi” mavzusidagi to‘qqizinchi ilmiy-amaliy konferensiyasi ochildi.
– Sakkizinchi konferensiyadan keyingi davr mobaynida makonimizda a’zo davlatlar vakolatli idoralari hamkorligi va o‘zaro ma’lumot almashishi bo‘yicha samarali muvofiqlashtirilgan ish natijasida terror tashkilotlarining 73 maxfiy bo‘linmasi faoliyatiga chek qo‘yildi, 69 terror harakatining oldi olindi, – dedi Mirzayev anjumanda. – O‘tgan vaqt ichida xalqaro terror tuzilmalarining 507 ishtirokchisi va sherigi ham aniqlandi. Ularning 447 nafari qo‘lga olindi, 182 kishi zararsizlantirildi, 54 jinoyatchi sudlandi.
O‘zA