Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi mamlakati 2036 yilga mo‘ljallangan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
“India TV News” orqali tarqalgan ayni mazmundagi bayonotda 2036 yilga kelib Hindiston dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylanishi, hozir sport bilan bog‘liq byudjet to‘qqiz yil avvalgiga nisbatan uch barobar oshirilgani, sportchilarni mukofotlash borasida yangi tizim yaratilgani xususida so‘z borgan.
Shu oy boshida Mumbayda o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sessiyasi ochilish marosimida nutq so‘zlagan hukumat rahbari Hindistonning muvaffaqiyatli sport tarixi mamlakatning umumiy yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlagan.
“Hindiston yangi rekordlar o‘rnatmoqda, barcha sohalarda muvaffaqiyatga erishmoqda va bu mamlakatning so‘nggi 30 kun ichida erishgan natijalarida yaqqol namoyon.
“The Week” nashri keltirilishicha, janob Modi Hindiston 2030 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarini qabul qilishga hozirlik ko‘rayotganini ham aytib o‘tgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA