Turkiya poytaxti Anqara shahrida “Chalg‘ituvchi xabarlarga qarshi kurash” shiori ostida tashkil etilgan Osiyo-Tinch okeani axborot agentliklari uyushmasi (OANA) 51-yig‘ilishida 15 a’zo tashkilotdan 32 delegat, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – WAM vakillari ishtirok etmoqda.
– Keyingi paytda ijtimoiy media platformalarida noxolis ma’lumot va xabarlar tarqalishi tez-tez uchramoqda, – dedi BAA delegatsiyasi va WAM rahbari Muhammad Jalol Ar-Raisiy. – Bunday holati aniqlash, haqiqatni yuzaga chiqarish, ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklarni tekshirishda rasmiy axborot agentliklari va nufuzli ommaviy axborot vositalarining o‘rni alohida Yangilikni uzatishda ishonchlilik muhim. Turli vaziyatda voqea-hodisalar ko‘pligidan kelib chiqib, noto‘g‘ri xabar yoki ma’lumotga qarshi turish, ehtiyotkor, hushyor munosabatda bo‘lish zarurati juda dolzarb.
Tatbiq etilayotgan tasavvur va stereotip bilan birga fakt ham muhim. Media tuzilmalari va fuqarolik jamiyati gegemonizmdan kelib chiqadigan dezinformatsiya kampaniyasiga qarshi kurashishi kerak. Bu jarayon jamoaviy va izchil strategiyani talab qiladi.
To‘rt kunga mo‘ljallangan tadbir yakunida OANA Istanbul deklaratsiyasini qabul qiladi. Hujjat loyihasiga tashkilotning Falastin – Isroil ziddiyati yangi bosqichi tufayli yuzaga kelgan vaziyat va ushbu mintaqada ishlayotgan jurnalistlar xavfsizligini imkon darajasida ta’minlash zarurati yuzasidan alohida taklif kiritilgan.
Mazkur uyushma 35 mamlakatning 40 dan ziyod axborot agentligini birlashtirgan. Dunyodagi eng yirik media tashkiloti hisoblangan OANA a’zolari jami global axborot oqimining uchdan ikki qismiga egalik qiladi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA