Amerikaning“38North”internet nashriga asoslanib,Shimoliy Koreya Pxungeridagi yadro poligonini tugatishni boshladi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.
Ta’kidlanishicha, KXDR tomonidan yadropoligonini tugatish ishlari joriy yilning 23-25 may kunlarida amalga oshirilishi lozim edi. Ammo, sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga ko‘ra, bu tadbir 7 maydanoq boshlab yuborilgan.
Hozircha yadro poligonida foydalanib kelingan bir necha binolar qulatilgan. Temiryo‘l, vagonchalar, aravachalarqismlarga ajratib tashlangan. Ammo, boshqaruv va ma’muriy ahamiyatga ega yirik inshootlarga tegilmagan. Qayd qilinishicha,bu binolar poligonni rasman yopilishida ishtirok etadigan chet ellikjurnalistlar uchun saqlanib turibdi. Chunki sinov tunnellariniportlatishida ulardanfoydalaniladi.
Oldinroq, KMTA – Shimoliy Koreya agentligi mamlakatning Mehnat partiyasi joriy yilning 23-25 may kunlari Pxuyengeridagi yadro sinovi o‘tkaziladigan poligonni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilganini xabar bergan edi. Mazkur qarorga ko‘ra, belgilangan muddatda yadro poligonga kirish hududi va uning atrofidagi barcha obyektlar yo‘q qilinadi. Xususan, sinov shaxtasi portlatilib, tadqiqot institutining poligondagi barcha yer usti inshootlari, qo‘riqlash posti va boshqa obyektlari hambuzib tashlanadi.
Poligonningrasmiy yopilish marosimida Janubiy Koreya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va Rossiya jurnalistlari ishtirok etishi kutilmoqda.