AQSH sobiq Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Vashingtonni dunyodagi eng xavfli poytaxt, deb atadi.
– Vashington kir, jinoyatga to‘la o‘lim tuzog‘iga aylandi, – deb yozgan u. – Hozir, nazarimda, bu shahar yer yuzidagi eng xavfsiz poytaxt. Tramp saylovda g‘olib chiqsa, shaharni “tozalash, ta’mirlash va qayta tiklash”ga va’da berdi.
Avvalroq sobiq davlat rahbari Jo Bayden ma’muriyatini migratsiya siyosati bilan AQSHni “axlatxonaga aylantirgan”i uchun tanqid qilib, “Poytaxt uysizlar, giyohvandlar va xavfli jinoyatchilar bilan to‘lib ketdi”, deya ta’kidlagandi.