Xitoyda “Bir makon, bir yo‘l” forumi boshlanmoqda, uning ishida 140 mamlakatdan ziyod vakillar qatnashadi, deb ma’lum qildi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.

Xalqaro tadbir 17-18 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bugun forumning amaliy qismi, ertaga, chorshanba kuni esa asosiy qism – forumning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Unda XXR Raisi Si Szinpinning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, xalqaro hamjihatlikning samarali maqsad va vazifalariga qaratilgan nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, forumda to‘rt mingdan ziyod kishi qatnashadi. Sin’ua agentligiga intervyuda Xitoy Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ma Chjaosyuy asosiy vazifa – “umumiy farovonlik va taraqqiyotga erishishni ta’minlashdir”. Hamkorlar bilan birgalikda “Makon va yo‘l” loyihalarini keng, chuqur va izchil amalga oshirishdan iborat, deb ta’kidllagan.

Pekin pedagogika universiteti huzuridagi “Bir makon, bir yo‘l” instituti direktori Xu Bilyanning aytishicha, xalqaro vaziyatning beqaror sharoitlari, global xarakterning tahdidlari oshib borayotgan bir paytda “umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirish”ni ta’minlashda  forum manfaatdor mamlakatlar o‘rtasida samarali muloqot o‘tkazishga hozirlanmoqda.

 

O‘zA