Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy fikricha, Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokara shu kuz yoki kelasi yil boshiga belgilanishi kerak, deb xabar tarqatdi “CHTK” agentligi.
Dushanba kuni Kiyevda YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, “Kiyevdagi uchrashuv nafaqat ramziy ma’noga ega, balki amaliy qarorlar muhokama qilingani bilan ham ahamiyatli”.
– Aniq aytildiki, agar Ukraina Yevropa Ittifoqida bo‘lsa, xavfsizligi kafolatlanadi, chunki YeI – tinchlik loyihasi ham hisoblanadi, – degan Lipavskiy. – Shu bilan birga Ukraina o‘zgarishi kerak, o‘z qonunchiligini YeI qonunchiligiga moslashtirish kerak. Bu uzoq yo‘l.
Vladimir Zelenskiy 2022 yil 28 fevralda Ukrainani Yevroittifoq a’zoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizani imzolagan.