INNOVATSIYA: O‘zbekistonda kasalliklarni masofadan turib barvaqt aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Akgun Group kompaniyasi bilan rasmiy uchrashuvlarni boshladi.Bu haqida vazirlik matbuot hizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif davomida Innovatsion Rivojlanish vazirligi va Akgun Group kompaniyasi o‘rtasida Anglashinuv memorandumi imzolanishi ko‘zda tutilgan. Xujjatda O‘zbekistonda kasalliklarni masofadan turib barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, shuningdek, aholining uzoq umr ko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha tajriba almashish masalalari aks etgan.

6df3ea03-3bca-494f-a29c-554a4b3a287f.jpg

Shuningdek, kasallik va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish uchun sog‘liqni saqlash tizimiga yuqori texnologiyalar, sezuvchan (sensor) qurilmalar, tarmoqqa doir uskunalar va ma’lumotlarni qayta ishlash texnik vositalarini o‘z ichiga oluvchi “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini joriy qilishga e’tibor qaratilgan.

Ushbu kompaniya tajribasini o‘rgangan holda “Yagona tibbiy axborot markazi” konsepsiyasi ham ishlab chiqiladi.

Ma’lumot uchun: Akgun Group kompaniyasi 1986 yili tuzilgan bo‘lib, sog‘liqni saqlash sektorini boshqarishning axborot tizimlari, shuningdek, shaharlar va boshqa xududiy bo‘linmalar uchun kompleks yechimlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Turkiyaning davlat va xususiy shifoxonalari, stomatologik klinikalari va boshqatibbiyot tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri sanaladi.

 

N. Toshpo‘latova