“Rahbar va yoshlar” loyihasi

Ushbu tadbir doirasidagi navbatdagi uchrashuv Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov Qoraqalpog‘istonlik faol yoshlar, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar, tayanch guruhlari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi vakillari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning Yoshlar qanoti a’zolari, shuningdek, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida bilim olayotgan o‘quvchi-talabalar bilan uchrashdi.
02.jpg
Uchrashuv rasmiy yig‘ilish tarzida emas balki ochiq muloqot, samimiy munozaralar tarzida tashkil etildi.
04.jpg
Federatsiya tizimida samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar Federatsiyaning faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

O‘zA