Mo‘ynoq tumanida sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi g‘olibi aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa finalida Qashqadaryo viloyati va Mo‘ynoq tumani jamoalari uchrashdi.
Qiziqarli o‘tgan bahsda maydon egalari 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri