Joriy yilning 8-19-may kunlari Fransiyaning Kruazet sohili bo‘yida tashkil etilayotgan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bora O‘zbekiston paviloni tashkil etildi.
Dunyoning 58 ta mamlakati milliy pavilonlari qatoridan joy olgan o‘zbek paviloni 8 may kuni o‘z eshiklarini dunyoning barcha mamlakatlaridan tashrif buyurgan kino vakillariga ochdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek milliy paviloni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Mahfuza Ortiqova, O‘zA