Jurnalist kuzatuvi: Hokimning bir kunlik faoliyati

Hokimlarning bir kuni qanday o‘tadi? Shinam xonada kursida yastanib, hujjatga ko‘milib kun o‘tkazadimi yoki majlisma-majlis yuradimi? Yurtdagi islohotlarga mos faoliyat boshlaganmi? Hokimlik va xalq orasidagi masofa yaqinmi? Fuqarolar bilan qanday muomilada bo‘ladi? “Hokimning bir kuni” rukni ostidagi onlayn reportajlarimizni kuzatib boring.

Bugun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Anora Sodiqova poytaxtimizning Shayxontohur tumani hokimiga kun davomida hamroxlik qiladi.

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarov 2017 yilning 11 dekabr kuni ushbu lavozimga tayinlangan. Bu davrgacha Olmazor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bahodir G‘oibnazarovning mutaxassisligi iqtisodchi-tashkilotchi va yurist. 1997 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Kun davomida jurnalistimiz hokimning shaxsiy va ish faoliyatiga doir ma’lumotlar bilan ham tanishtirib boradi.

 

O‘zA