Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2028 yilda Los-Anjelesda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarining sport dasturi bo‘yicha qarorni keyinroq qabul qilinishini ma’lum qildi.

Ertaga, 8 sentyabr kuni Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin oladigan sport turlari tarkibini e’lon qilish uchun Ijroiya kengash yig‘ilishi noma’lum muddatga qoldirilishini XOQ va Tashkiliy qo‘mita o‘rtasidagi “muhokamalar davom etayotgani” bilan izohladi, deyiladi Insidethegames.biz sayti xabarida.

“Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Tashkiliy qo‘mita o‘rtasida davom etayotgan muhokamalar tufayli Los-Anjeles-2028 Olimpiada dasturlari komissiyasi XOQ Ijroiya kengashiga yakuniy tavsiyanoma berish uchun hozircha yig‘ilish o‘tkaza olmadi”, deyiladi XOQ bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olish borasida kriket, Amerika futboli, beysbol/softbol, lakros, breyk-dans, karate, kikboksing, skvosh va motorsport turlari da’vogarlik qilmoqda.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bosh direktori Kristof de Kupperning ushbu holat bo‘yicha jurnalistlarga bergan intervyusida ta’kidlashicha, vaziyat qay tartibda bo‘lishidan qat’i nazar boks sport turi Los-Anjeles-2028 o‘yinlari dasturida bo‘lishi kafolatlanadi.

 

T.Ro‘ziyev. O‘zA