Andijon shahrida “VODIY UNVERSAL-MAJMUA” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan zavodda zamonaviy yuk tashish avtomashinalari ishlab chiqariladi.

Xitoyning “FAW trucks” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida ishga tushiriladigan mazkur zavodda yiliga to‘rt ming dona 5 tonnadan yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Zamonaviy ko‘rinishga va barcha qulayliklarga ega yuk mashinalari ichki bozorda sotilishi, shuningdek, qo‘shni davlatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur zavod ishga tushishi bilan 100 ta, to‘la quvvat bilan ishga tushgach esa 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (surat),  

O‘zA