001.jpg
 
Bu haqda “Buyuk kelajak” xalqaro tashkiloti taqdimoti doirasida Ekspertlar kengashi raisi Alisher Kalanov ma’lum qildi.
Forumning maqsadi O‘zbekistonning 2035 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish va loyihalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. Forum “Buyuk kelajak” faoliyatini aniq belgilab olish uchun platforma vazifasini bajaradi.
Tadbir doirasida “Buyuk kelajak” xalqaro tashkiloti Ekspertlar kengashi ijrochi direktori Bahrom Ismoilov ham so‘zga chiqdi.
– Tashkilotimiz turli mamlakatlarda istiqomat qilayotgan mingdan ortiq vatandoshimizni birlashtiradi. Uning tarkibiga tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddilari kiritiladi. Barcha yagona aloqa tarmog‘i orqali o‘zaro, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishi mumkin bo‘ladi. Biz islohotlar borishi va kelajak strategiyasini bir stol atrofida tahlil qilamiz. Eng keraklisi ham o‘zaro fikr almashishdir, – dedi B.Ismoilov.

 

O‘zA