Turkiya Respublikasi hamda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin delegat ishtirok etayotgan mazkur forum Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Turkiyaning Saljuqiylar universiteti hamkorligida tashkil etilgan.
Diyorimizning tarixiy shaharlari, madaniy yodgorliklari, so‘lim tabiati sayyohlar e’tiborini tortib keladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda turizm sohasini jadal rivojlantirish, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirda xorijlik hamda mamlakatimizning turizm sohasidagi yetuk mutaxassislari turizmni rivojlantirish va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishga doir mavzularda ma’ruza qildi. O‘zaro tajriba almashilib, hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.
Xalqaro anjuman kelgusida mamlakatimizda turizm industriyasini taraqqiy ettirishga xizmat qiladi.
Forum doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etilmoqda.