“WAM” axborot agentligi xabar berishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan para pauerlifting bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati dastlabki kunida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Erkaklar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida Oxunjon Musurmonqulov 117 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. 72 kilogrammgacha vaznli atletlar o‘rtasida esa Umidjon Arzimatov 110 kg natija qayd etib, terma jamoamizga ikkinchi oltinni keltirdi.
Shaxsiy vazni 88 kilogrammdan yengil polvonlar guruhida ishtirok etgan Jasurbek Yo‘ldoshev ham 135 kg natija bilan shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, chempionat 30 avgustga qadar davom etadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA