Bugun, 23 avgust kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi finali va 3-o‘rin uchun bahsning 2-turi bo‘lib o‘tadi.

Jahon kubogining kecha o‘tgan 3-o‘rin uchun kechgan o‘yinning 1-turida ozarbayjonlik Nijat Abasov amerikalik Fabiano Karuana bilan kuch sinashdi. Oq donalarda harakatlangan Abasov dunyo reytingida kuchli uchlikdan joy olgan Karuanani mag‘lub etdi.

Final bahsi 1-turida sobiq jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha bilan murosa yo‘lini tanladi. Hisob 0.5:0.5 ko‘rinishini oldi.

Eslatib o‘tamiz, jahon kubogida kuchli uchlikdan joy olgan grossmeysterlar mukofot jamg‘armasiga ega chiqish bilan kelgusi yilgi da’vogarlar musobaqasida qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA